» » Foto: Tanzaniyada noyob albinos zebrani ko‘rib qolishdi

Foto: Tanzaniyada noyob albinos zebrani ko‘rib qolishdi


Tanzaniyaning Serengeti milliy bog‘ida noyob albinos zebra tasvirga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

U xuddi ayollar sochining rangiga o‘xshash oltin rang tusga ega. Zebra ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon “mallasoch” deb nom olgan.

Suratkash Serxio Pitamis noyob albinos zebrani ko‘rgan. Dastlab, suratkash hayvonni changga belangan deb o‘ylagan, lekin zebrani suvda cho‘milganidan keyin ko‘rganida, bu uning tabiiy rangi ekanligini tushunib yetgan. Zebra o‘z turining odatiy boshqa namoyandalari bilan birga yurardi.

Olimlar zebraning qisman albinos ekanligini ta’kidladi. Rasmda ko‘rinib turibdiki, yovvoyi tabiatda albinizm bilan kasalllangan zebra o‘z urug‘i orasida yashab ketoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 06:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют