» » Orolbo‘yi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha loyiha jamg‘armasi takliflarni qabul qila boshladi

Orolbo‘yi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha loyiha jamg‘armasi takliflarni qabul qila boshladi


Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi (IXKTJ) loyiha takliflarini qabul qilishni boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekistondagi BMT vakilligi matbuot xizmati xabar berdi.

IXKTJ boshqaruv kengashining 2019-yil 24-yanvardagi qaroriga muvofiq, IXKTJning dasturiy strategiyasining quyidagi uchta yo‘nalishi loyiha takliflarini dastlabki qabul qilish uchun ustuvor yo‘nalishlar sifatida tanlab olindi:

BMTning jamg‘arma faoliyatida ishtirok etuvchi tashkilotlari (BMTTD, UNFPA, UNICЕF, UNЕSCO, BMT NJQKB) loyiha takliflarini taqdim etish huquqiga ega. Milliy va xalqaro hamkor tashkilotlar (masalan, davlat idoralari, mahalliy hokimlik organlari, xalqaro va mahalliy NNT, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqalar) tomonidan loyiha takliflari BMT tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilishi va taqdim etilishi mumkin.

Takliflar 2019-yilning 29-mart kunidan 2019-yilning 29-aprel kunigacha (Toshkent vaqti bilan 18:00gacha) qabul qilinadi.

Arizaning to‘ldirilgan shakllari IXKTJning Texnik kotibiyati nomiga quyidagi elektron manzilga yuborilishi lozim (zarif.jumaev@one.un.org).

Loyiha taklifi andozasini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin (Loyiha taklifini tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma va byudjet shakli). Budget template and Guidelince.

Ma’lumot uchun, 2018-yilning 27-noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasining taqdimoti o‘tkazilgan va rasmiy ravishda faoliyati boshlangan. IXKTJ inson xavfsizligi konsepsiyasiga asoslangan majmuaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va donorlar hamjamiyati resurslarini safarbar etishning yagona noyob platformasi bo‘ladi hamda hukumatning Orol fojiasini hal qilish bo‘yicha Orolbo‘yi mintaqasida olib borayotgan sa’y harakatlarini to‘ldiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют