» » Farg‘ona viloyati prokuroridan maktab o‘quvchilari uchun katta yo‘ldan o‘tish joyini tashkil etish so‘raldi

Farg‘ona viloyati prokuroridan maktab o‘quvchilari uchun katta yo‘ldan o‘tish joyini tashkil etish so‘raldi


Farg‘ona viloyati 2-sektor rahbari, viloyat prokurori S.Turdiyev tomonidan Buvayda tumanida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda ko‘plab masalalar ijobiy yechimini topdi, deya xabar beradi O‘zA.

Yuzma-yuz muloqotda aholi tomonidan ishga joylashtirish, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, bankdan kredit olish, uy-joy, ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal soha bilan bog‘liq masalalar o‘rtaga tashlandi.

Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi A.Rizayev tadbirkorlik huquqlarini himoya qilish, Oqtom qishlog‘ida yashovchi I.Ahmedov davolatish va nogironlik belgilash, Sho‘rtepa qishlog‘ida yashovchi E.Rahmatullayev xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish, Bandikushod qishlog‘ida yashovchi R.Usmonova fuqarolik sudining qaroridan norozi ekani, Ariqbo‘yi qishlog‘ida yashovchi U.Sotvoliyev nogironlik aravachasi bilan ta’minlash, Anhor qishlog‘ida yashovchi O.Tojiboyeva ishga joylashtirish, Beglar qishlog‘ida yashovchi Sh.Madiyeva mahalla ko‘prigini ta’mirlash, Urganji qishlog‘ida yashovchi Sh.Ahmedov maktab o‘quvchilari uchun katta yo‘ldan o‘tish joyi tashkil etishda yordam so‘ragan.

Sayyor qabulda shu kabi ko‘plab murojaatlar ko‘rib chiqilib, aksariyati joyida hal qilindi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sektorlar rahbarlarining sayyor uchrashuvlari chekka qishloqlarda yashayotgan aholi muammolarining ham samarali yechim topishida muhim ahamiyat kasb etayotgani bilan birga, xalqning davlatga bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют