» » Qarshida 1-sinf o‘quvchisini urib yuborgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi. Yordam ko‘rsatilmagan o‘quvchi esa vafot etdi

Qarshida 1-sinf o‘quvchisini urib yuborgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi. Yordam ko‘rsatilmagan o‘quvchi esa vafot etdi


2-aprel kuni soat 12:30 larda Qarshi shahridagi Islom Karimov ko‘chasidan “Qarshi” choyxonasi tomon harakatlanib ketayotgan Nexia ushbu hududda joylashgan 21-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda “Daryo”ga Yo‘l harakati xavfsizligi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i Ahror Usmonov ma’lum qilmoqda.

Ahror Usmonovga ko‘ra, haydovchi hududdagi yuqori tezlikni cheklovchi yo‘l belgisiga rioya qilmasdan katta tezlikda harakatlanib kelib, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 2011-yilda tug‘ilgan o‘quvchi Y.I. ni urib yuborgan va jabrlanuvchiga birinchi yordamni ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda jabrlanuvchi Y.I. voqea joyida vafot etgan.

Voqeadan xabardor qilingan Yo‘l patrul xizmati xodimlari sa’y-harakati bilan haydovchi, Qarshi shahri Shayxali shaharchasi Muborak ko‘chasida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan J.S. otasiga tegishli oq rangli Nexia’da shahar hududida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Jinoyat kodeksining 266-moddasiga ko‘ra, “Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish” oqibatida odam o‘limi kuzatilsa, haydovchi muayyan huquqdan mahrum qilinib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.

Mavzuga doir: Navoiyda mast holda odam urib yuborib, qochib ketgan haydovchi bir necha soat ichida qo‘lga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют