» » Erkak va ayollarda soch muammolari — qutqaruv kuchlari siz bilan!

Erkak va ayollarda soch muammolari — qutqaruv kuchlari siz bilan!


Keskin soch to‘kilishi garchi yosh o‘tishi bilan bog‘lansa-da, ba’zan bu holat nisbatan yosh odamlarda ham uchrab turadi. Tadqiqotchilar fikricha, soch to‘kilishining keng tarqalgan turi androgen alopetsiya asosan nasldan naslga o‘tuvchi kallik hisoblanadi.

Erkaklarda soch to‘kilishi

Erkaklardagi kallik shakliy kallik deb ham ataladi. Soch tekis shaklda, boshning ikki chakkasidan boshlab to‘kila boradi. Vaqt o‘tib borishi bilan, sochlar ko‘rinishi “M” harfiga o‘xshash shaklni hosil qiladi.

Shuningdek, soch boshning toj qismida (boshing o‘rtasidagi tepa qismi) ham to‘kila boshlab, oxir-oqibat qisman yoki to‘liq kallikka olib keladi. Erkaklarda turli xil genetik va atrof-muhit omillari androgenik alopetsiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Erkaklarda soch to‘kilishi quyidagi sabablarga ko‘ra kuzatiladi;

— Erkaklarda ushbu turdagi kallikning eng asosiy sababi – bu yuqorida ta’kidlanganidek nasl surishi hisoblanadi;

— Anemiya ya’ni qon kamayishi yoki qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi va qon sifatining o‘zgarishi;

— Dori vositalarining salbiy ta’siri (masalan, antibiotiklar) va kimyoterapiyaga o‘xshash meditsina tadbirlari o‘tkazilganda organizmning kuchsizlanishi;

— Asab va endokrin tizimlarda keskin o‘zgarish bo‘lishi (ruhiy istirob chekish, siqilish, toliqish, gormonal balansning buzilishi, kasalliklar);

— Haroratning o‘zgarishi (sochlarning sovib qolishi, fen va sochni dazmollagich bilan quritganda isib ketishi);

— Noto‘g‘ri ovqatlanish va dieta (moddalar yetishmasligi organizmni kuchsizlantiradi);

Davolash

Erkaklarda androgen soch to‘kilishini davolashda mutaxassislar quyidagi davolovchi kosmetikani tavsiya etadilar:

Minox 5 preparati erkaklar uchun maxsus ishlab chiqarilgan bo‘lib, losyon androgenetik alopetsiya, irsiyat sababli soch to‘kilishi, kallik va sochlarning siyraklashuvining turli darajalarida samarali ta’sir etadi.

Minox 10 losyon-spreyi ham erkaklarga mo‘ljallangan bo‘lib, losyon uzoq muddat davomida soch to‘kilishi holatlarida samarali ta’sir ko‘rsatadi. Minox 10 losyoni Minox 5’dan ko‘ra kuchliroq bo‘lib, u Minox 5 ta’siri yaqqol sezilmagan bemorlarga ham tavsiya etiladi.

Ayollarda soch to‘kilishi

Ayollardagi soch to‘kilishi erkaklardan butunlay farq qiladi. Ularda soch butun bosh bo‘ylab siyraklashadi. Qiziqarli jihati, ayollarda sochlar ildizi butunlay yo‘qolib ketmaydi va erkaklarniki singari boshda kal nuqtalar paydo bo‘lmaydi. Androgenik alopetsiya ayollarda kamdan kam holatlarda to‘liq kallik holatini keltirib chiqaradi.

Erkaklardagi sabablarga qo‘shimcha ravishda ayollarda kuchli soch to‘kilishi quyidagi sabablarga ko‘ra rivojlanadi:

— Organizmning qayta tiklanishi bilan bog‘liq gormonlar faoliyatining pasayishi (o‘smirlik davri, homiladorlik paytida, tug‘riqdan keyin);

— Avitaminoz tasirida mavsumiy sochlar to‘kilishi;

— Turli xil soch turmaklari (dred turmagi (filmdagi Jek Chittakning turmagiga o‘xshash), jingalak soch turmagi, kimyoviy yoyma soch, qalin dum turmagi kabilar).

Davolash

Ayollarda soch to‘kilishi sabablarini bartaraf etishda “MinoX 2” vositasidan foydalanish tavsiya etiladi. U ayollarda soch to‘kilishini davolash uchun ishlab chiqilgan losyon-sprey. Yumshoq ta’sir etuvchi losyon-sprey, ayollarda soch to‘kilishiga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan.

Ayol va erkaklardagi to‘kilgan sochlar o‘rnini qoplash uchun tezkor yechim.

“MinoX Hair Magic”– sochlarni vaqtinchalik niqoblash uchun pudra. Paxta mikratolalarining asosidagi yangi tabiiy vosita bor-yo‘g’i 30 soniya ichida qalin va quyuq sochlar turmagini yaratishga imkon beradi. Agar rangi to‘g’ri tanlangan bo‘lsa, “Minox Hair Magic”, hatto juda yaqin masofadan ham amalda ko‘rinmaydi. Tolalar sochlar bilan shunchalik uzviy birlashib ketadiki, hatto mutaxassis ham ularni insonning o‘z sochlaridan ajratishi qiyin bo‘lib qoladi.

“MinoX Hair Magic” dan foydalanishning afzalliklari:

• Tabiiy sochlar kabi ko‘rinishining vizual ta’siri;

• 30 soniya ichida tabiiy soch qalinligi;

• Soch o‘sishini kuchaytirish uchun har qanday vositalar bilan birga qo‘llash mumkin;

• Qo‘llashning xavfsizligi;

• Tabiiy tarkibi;

• Filtr-dozatorli katta o‘ram (22 gr., 45 ta purkashga yetadi +/- 20%).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook, Odnoklassniki, Instagram, Telegram

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют