» » Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib 5G tarmog‘iga o‘tdi

Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib 5G tarmog‘iga o‘tdi


5-aprel kuni Janubiy Koreyada SK Telecom kompaniyasi tomonidan dunyodagi birinchi bo‘lib 5G mobil tarmog‘i ishga tushiriladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Janubiy Koreya bu borada AQSh, Xitoy va Yaponiyani ortda qoldirdi. Chunki bu mamkakatlarda loyiha pilot rejimida ishga tushilrgan xolos.

SK Telecom — Janubiy Koreyadagi eng yirik mobil aloqa operatori bo‘lib, uning mijozlari soni taxminan 27 million foydalanuvchidan iborat. SK Telecom’ning umid qilishicha, 2019-yil ohiriga kelib kompaniyaning bir million foydalanuvchilari 5G tarmoqdan foydalanishga o‘tadi.

Hozirning o‘zida Janubiy Koreyada 5G tarmog'ini qo'llab-quvvatlovchi 34 mingta aloqa stantsiyalari mavjud bo‘lib, ular mamlakatning aholi eng ko‘p joylashgan 85 ta shaharlarini internet bilan ta’minlaydi. Ushbu formatda ma’lumotlar uzatish tezligi 2,4 Gb/soniyani  tashkil etadi.

Biroq yangi xizmatdan hozircha faqat Samsung Galaxy S10 smartfoni egalari foydalana oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют