» » Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun shaxsiy gigiyena jamlanmasi ishlab chiqarildi

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun shaxsiy gigiyena jamlanmasi ishlab chiqarildi


Mudofaa vazirligi moddiy-texnik ta’minot bosh boshqarmasi hamda Harbiy sadvo boshqarmasi hamkorligida harbiy xizmatchilar uchun “O‘zbekiston qurolli kuchlari” shaxsiy gigiyena vositalari o‘rin olgan sumkalarini ishlab chiqarish boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur sumkalar harbiy xizmatchilarning muntazam dala mashg‘ulotlariga hamda jangovar xizmat faoliyatiga bog‘liq boshqa tadbirlarga chiqib ketishini, shuningdek, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun zamonaviy ijtimoiy-xo‘jalik sharoitlarini yaratish kabi maqsadlarni inobatga olgan holda ishlab chiqarilgan.

Harbiy xizmatchilar uchun doimo kerakli bo‘ladigan 18 turdagi shaxsiy gigiyena vositalarini o‘zida jamlagan ushbu ixcham sumkalarni Mudofaa vazirligi Harbiy savdo boshqarmasi tomonidan ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish hamda joylardagi harbiy savdo do‘konlari orqali shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilayotgan oddiy askarlarga viloyat harbiy-ma’muriy sektorlari tomonidan tarqatish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют