» » Qozog‘istonda erkak o‘zini oilaviy marosim vaqtida yoqib yubordi

Qozog‘istonda erkak o‘zini oilaviy marosim vaqtida yoqib yubordi


Qozog‘istonning Pavlodarsk viloyatining Aksu shahrida erkak o‘zini yoqib yuborib, halok bo‘ldi, yana 13 kishi tan jarohati oldi, deya xabar beradi “Tengrinews”.

Jabrlanganlarning to‘rt nafari jonlantirish bo‘limida, yana besh nafar bola va to‘rtta katta yoshdagi fuqaro is gazidan zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizilgan.

“3-aprel kuni soat 20:51 da Aksu shahridagi Momishuli ko‘chasida uy yonib ketganligi haqida ma’lumot kelib tushgan. Guvohlarning aytishicha, marhumning xotini tug‘ilgan kunini nishonlayotgan bo‘lgan. Mehmonlar dasturxon atrofiga yig‘ilganida, 50 yoshli uy egasi besh litrli benzin to‘ldirilgan kanistr bilan kelib, bolalarni olib chiqishni so‘ragan. Turmush o‘rtog‘i talabni bajarganidan so‘ng, yigit gugurt olib o‘zini yoqib yuborgan”, — deydi viloyat tez tibbiy yordam stansiyasi vakili. Uni to‘xtatishga harakat qilgan do‘stlari kuyish jarohati bilan Aksu Markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Yong‘in maydoni 30 kvadrat metrni tashkil qildi. Uch xonali uyda oshxona, mebel, maishiy texnika va buyumlar butunlay yonib ketgan. Qisman uy tomi qulab tushgan.

Politsiya matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (“Joniga qasd qilishga olib kelish”) bo‘yicha ish ochilgan. Bir qator tekshiruvlar tayinlangan. Politsiya avval ham er-xotin o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga kelgani haqida xabar bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют