» » O‘zbekistonda fohishabozlikka qarshi ma’muriy va jinoiy jazo choralarini qo‘llash taklif etildi

O‘zbekistonda fohishabozlikka qarshi ma’muriy va jinoiy jazo choralarini qo‘llash taklif etildi


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida jamiyatda fohishabozlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rish haqida petitsiya joylashtirildi.

Petitsiya muallifining fikrigacha, fohishalarga yoki ushbu sharoitni yaratib berayotgan shaxslarga jazo berilishi yetarli emas.

“Jamiyatda fohishalikni va shunga tenglashtiriluvchi buzuqlik holatlarini kamaytirish uchun faqatgina fohishalarga yoki ushbu sharoitni yaratib berayotgan shaxslarga jazo berilishi yetarli emas, balki shunda bevosita ishtirok etgan erkak yoki erkaklar uchun ham ma’muriy, jinoiy jazo choralari qo‘llanilsin, tegishli choralar ko‘rilsin”,  — deyiladi murojaatda.

Buning uchun dalil bilan ushlangan mazkur holat ishtirokchisi uchun birinchi marta sodir etilsa, jarima belgilash, ikkinchi marta sodir etilsa, 15 sutka ma’muriy qamoq, uchinchi martada bir yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb qilish choralarini belgilash taklif qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют