» » Norvegiya Orolbo‘yida yashovchi aholiga 1,1 mln dollar ajratadi

Norvegiya Orolbo‘yida yashovchi aholiga 1,1 mln dollar ajratadi


2019-yil 1-aprelda Norvegiya hukumati va BMTning Nyu-Yorkdagi ko‘psheriklik trast jamg‘armasi idorasi O‘zbekistonning Orolbo‘yi hududi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasida 9,5 million Norvegiya kroni (1,1 million dollarga yaqin) hajmidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

1960-yillarga qadar kattaligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turgan Orol dengizining qurishi insoniyat uchun eng katta ekologik ofatlardan biri hisoblanadi.

2018-yil oxirida BMT rahnamoligida tashkil etilgan Trast jamg‘armasi Orol dengizi mintaqasida yashovchi aholining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish hamda global maqsadlarga erishishda hamkorlikni kuchaytirish uchun yagona platformani taqdim etadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston hukumati Trast jamg‘armasiga 6,5 million dollar miqdorida pul o‘tkazishni o‘z bo‘yniga olgan. Shundan 2 million dollari o‘tkazilgan. Norvegiya jamg‘armaga pul o‘tkazadigan  birinchi tashqi donor bo‘lgan.

Hozirda O‘zbekiston BMT bilan birgalikda Orol dengizi mintaqasida aholi yashaydigan hududlar oldida turgan muammolar haqida xabardorlikni oshirish va maqsadli jamg‘armaning qo‘shimcha moliyaviy va texnik resurslarini jalb qilish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют