» » Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Toshkentdagi 7 ta tuman soliq inspeksiyasi rahbari ishdan olindi

Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Toshkentdagi 7 ta tuman soliq inspeksiyasi rahbari ishdan olindi


Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha davlat budjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Birinchi chorakda mamlakat bo‘yicha budjet tushumlari to‘liq bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobar ko‘p ijro etilgan. Chorak yakuni bo‘yicha mahalliy byudjet daromadlari rejaga nisbatan 1 trillion 253 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarilib, hududlar ixtiyorida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p mablag‘ qoldi.

Mahalliy budjetda qancha ko‘p daromad bo‘lsa, dolzarb bo‘lgan ijtimoiy masalalarni shuncha tezkorlik bilan hal qilish mumkin, dedi davlat rahbari. Qo‘shimcha mablag‘lar, jumladan, “Beshta tashabbus”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Ichimlik suvi”, “Har bir oila tadbirkor” kabi davlat dasturlarini joylarda tizimli amalga oshirish, xalqning daromadini ko‘paytirish va hayotini yaxshilash uchun zarur bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu vazifani hamma rahbar ham birdek anglab yetmayotganini keskin tanqid qildi. Jumladan, byudjetga jami tushumlar prognozi 9 ta tuman va shaharda bajarilmagan.

Ayniqsa, Toshkent shahrining o‘n bitta tumanidan 7 tasida jami tushum prognozi bajarilmagan. Ushbu tumanlar soliq inspeksiyalari rahbarlari lavozimlaridan ozod etildi.

Shahar hokimligi va soliq idoralari rahbarlarini budjetga tushumlarni ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi qattiq tanqid ostiga olindi.

Bunday holatlar boshqa viloyatlarda ham qayd etilgan. Shu sababli Davlat soliq qo‘mitasiga mahalliy budjetga tushum prognozi bajarilmagan bir qator tuman va shahar soliq idoralar rahbarlarining lavozimiga loyiqligini tanqidiy ko‘rib chiqish topshirildi.

Joriy yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni qariyb 5 baravarga oshgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning samarali va sodda mexanizmlari samarali tashkil etilmaganligi sababli ushbu tizimga yangi o‘tgan 26 mingta korxonadan 9 mingtasi tegishli soliq hisobotlarini topshira olmagan.

Vazirlar Mahkamasi va Davlat soliq qo‘mitasiga bir oy muddatda xalqaro ekspertlar bilan birga O‘zbekistonda soliq islohotlarini amalga oshirishda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Budjet tushumlarini ta’minlashdagi asosiy to‘siqlardan biri iqtisodiyotda norasmiy faoliyatning saqlnib qolinayotganidir. Shavkat Mirziyoyev bu boradagi ishlar natijalari mutlaqo qoniqarli emasligini ta’kidladi. Shu sababli bu borada qabul qilingan dasturiy choralarni jonlantirish topshirildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan muammolar o‘z vaqtida bartaraf qilinsa, yil oxiriga qadar byudjetga qo‘shimcha kamida 6 trillion so‘m tushishini ta’minlash mumkin.

Jumladan, joriy yil ikkinchi choragida Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida 200 milliard so‘mdan, Qashqadaryoda 170 milliard so‘m, Andijonda 140 milliard so‘m, Qoraqalpog‘istonda 130 milliard, Farg‘onada 100 milliard, Samarqand va Namanganda 80 milliard so‘mdan, Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazmda 60 milliard so‘mdan, jami qariyb 2 trillion so‘m budjetga qo‘shimcha mablag‘ tushirish imkoniyati mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют