» » Mourinyoga Fransiyadan salom: Memfis Depay maydon markazidan super gol urdi

Mourinyoga Fransiyadan salom: Memfis Depay maydon markazidan super gol urdi


Fransiya chempionati 29-turida “Lion” o‘z maydonida “Tuluza” futbolchilarini qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Manchester Yunayted” klubida porlay olmagan gollandiyalik 23 yoshli futbolchi “Tuluza” darvozasiga super gol urdi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida “Lion” 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Depay raqib posbonining darvozasidan uzoqlashganini payqadi va maydon markazidan to‘pni “Tuluza” darvozasiga aniq yo‘lladi.

O‘yindan keyin Memfis Depayning goli “MYu” afsonasi Devid Bekxem tomonidan 1996-yili “Uimbldon” darvozasiga kiritgan goliga taqqoslandi. Gollandiyalik bu so‘zlarga o‘ziga xos javob qaytardi.

Men Devid Bekxem emasman. O‘zimni u kabi buyuk futbolchiga taqqoslay olmayman.

Memfis Depay, futbolchi

Devid Bekxemning “Uimbldon” darvozasiga maydon markazidan kiritgan goli:

Mavzuga doir: “Yunayted”ga kelishi bilan mashhur 7-raqamni olgan va o‘zidan avvalgilarni takrorlay olmagan Depay “Lion” safiga o‘tib ketdi

“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyo jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Lui van Gal tomonidan xarid qilingan Memfis Depayga ishonch bildirmadi va 2017-yilning yanvarida “Lion” gollandiyalik futbolchini 16 million yevroga sotib oldi. “MYu” Depay uchun 34 million yevro sarflagan edi.

Ma’lumot uchun, “Lion” Fransiya chempionati 29-turidan keyin zaxirasida 1 o‘yini bilan 50 ochko to‘plagan holda 4-o‘rinda bormoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют