» » O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi korxonalarining texnikalar xarid qilishi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi korxonalarining texnikalar xarid qilishi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi


O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi korxonalarining texnikalar xarid qilishi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu Prezidentning “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy etiladi:

Mahalliy g‘alla o‘rish va paxta terish texnikalarini yetkazib berishni moliyalashtirish Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmagan foiz stavkasi bo‘yicha va qaytarilish muddati xarajatlar qoplanishi muddatiga qarab 7 yildan 10 yilgacha bo‘lgan qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;

qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalarning g‘alla o‘rish va paxta terish texnikasidan tashqari, respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi traktorlar, g‘alla va paxta seyalkalari, shuningdek, uch yoki undan ortiq omoch korpuslarini xarid qilish uchun kredit va lizing shartnomalari bo‘yicha foiz xarajatlari tijorat banklari va lizing kompaniyalari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Bunda foiz xarajatlarini qoplashning ushbu miqdori Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining o‘zgarishiga qarab Moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Moliya vazirligi:

2019-yilda eksperiment tariqasida Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan paxta terish ishlariga jalb qilinadigan paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini qoplab berishni ta’minlaydi;

Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda paxta terish mashinalari xizmatiga haq to‘lash xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha eksperiment natijalari asosida 2019-yil 1-dekabrga qadar ushbu amaliyotni mamlakatning boshqa hududlariga tatbiq etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют