» » OAV: Tereza Mey Shotlandiyaga mustaqillik masalasida ikkinchi referendumni o‘tkazishga ruxsat bermaydi

OAV: Tereza Mey Shotlandiyaga mustaqillik masalasida ikkinchi referendumni o‘tkazishga ruxsat bermaydi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjenga mintaqa mustaqilligi masalasida ikkinchi referendumni o‘tkazish huquqini bermaydi. Bu haqda “Kommersant” ma’lum qildi.

“Bosh vazir bu Brexit bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgan paytdagi ovoz berishni anglatishini bildirdi. Buni ovoz berish uchun umuman maqbul bo‘lmagan vaqt tanlangani haqidagi bayonot sifatida qabul qilish mumkin”, — deya ma’lum qildi The Times nashriga mamlakat hukumatidagi manba.

Avvalroq Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjen kelasi hafta yangi referendumni o‘tkazishga ruxsat berishni so‘rab, Shotlandiya parlamentiga murojaat qilishi bildirilgandi.

Sterjenga ko‘ra, referendum 2018-yil kuzi va 2019-yil bahori oralig‘ida o‘tkazilishi mumkin.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют