» » Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida loyiha instituti va injiniring kompaniyasi tashkil etildi

Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida loyiha instituti va injiniring kompaniyasi tashkil etildi


Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti va Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha bosh loyiha tashkiloti etib belgilangan.

Qarorga muvofiq, institutning asosiy vazifasi loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini O‘zbekistonning texnik normativ hujjatlariga moslashtirish hisoblanadi.

Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi maktabgacha ta’lim tizimi ob’ektlari bo‘yicha buyurtmachidir.

Kompaniya maktabgacha ta’lim muassasalari va infrastruktura ob’ektlarini o‘z muddatida foydalanishga topshirish uchun mas’uldir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют