» » Kim jajji bilimdonlarga teng kela oladi?!

Kim jajji bilimdonlarga teng kela oladi?!


Yaqindagina 4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning qobilyatini rivojlantirish maqsadida “Laboratoriya Geniyev” mental arifmetika markazi tashkil topgan edi. Hayratlanarlisi shundaki, hech qancha vaqt o‘tmasdan markazda ta’lim olayotgan bolalar juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Xususan ikki o‘quvchimiz: 12 yoshli A’zamxo‘jayev Sanjar va 8 yoshli Xatamov Javohir birinchi bor O‘zbekiston vakili sifatida dekabr oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro mental arifmetika musobaqasida qatnashdi. Ushbu olimpiadadan keyin “Laboratoriya Geniyev” ham bolalarning bilimini xolis baholash va ularni rag‘batlantirish maqsadida olimpiada o‘tkazishga qaror qildi.

Bir necha oylik harakatlar va tayyorgarliklardan keyin uzoq kutilgan olimpiada 26-fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaning yakunlovchi bosqichida “Laboratoriya Geniyev” markazining uchta filialidan saralash bosqichi va yarim finaldan o‘tgan 65 nafar o‘quvchi qatnashdi.

Ishtirokchilarning barchasi “Laboratoriya Geniyev”ning maxsus futbolkasida ishtirok etib, olimpiada jarayoniga o‘zgacha fayz qo‘shdi. Ishtirokchilar 7 ta kubok va 7 ta oltin medal, 7 ta kumush, 7 ta bronza medallari uchun o‘zaro musobaqalashdi.

Olimpiadaning xolisligini ta’minlash maqsadida mental arifmetikadan xabardor bo‘lmagan boshqa soha mutaxassislaridan nazoratchilar va hay’at a’zolari taklif etildi. Shuningdek, olimpidaning bosh xomiysi bo‘lgan NEXT STEP UP SCHOOL – ingliz tili maktabida ta’lim olayotgan o‘quvchilar ko‘ngillilar sifatida ishtirok etdi.

Ota-onalar olimpiada jarayonini kuzatib borishi uchun videotranslyatsiya tashkil etildi. Har bitta bosqichdan so‘ng ota-onalar va boshqa mehmonlar uchun musiqiy dastur tashkil etilganligi bois, olimpiada madaniy tadbirlarga boy bo‘ldi.

1-o‘rin sovrindorlari kubok, oltin medal va 1-darajali diplom bilan; 2-o‘rin sovrindorlari kumush medal va 2-darajali diplom; 3-o‘rin sovrindorlari bronza medal, 3-darajali diplom va “Laboratoriya Geniyev”dan maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

G‘oliblikka nomzod har bir o‘quvchi birinchi o‘ringa loyiqligi va biz uchun ularning har biri g‘olibligi bois, barcha ishtirokchilar faxriy yorliq va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mental arifmetikaning qiyin bosqichi bo‘yicha kuboklarni Atayeva Nargizaning o‘quvchisi – A’zamxo‘jayev Sanjar, Mehriddinova Sevaraning o‘quvchisi – Xatamov Javohir qo‘lga kiritdi va bu bilan Xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etganliklarini yana bir bor isbotlashdi.

G‘oliblarning maxsus g‘oliblik pog‘onalariga faxr bilan ko‘tarilayotganida ota-onalarning, o‘qituvchilarning xursandchilik ko‘z yoshlarini kuzatish mumkin edi.

Olimpiada har bir ishtirokchi uchun esda qolarli darajada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. G‘oliblar uchun ham, qolgan ishtirokchilar uchun ham bo‘lib o‘tgan olimpiada kelgusi g‘alabalar uchun dastlabki qadam bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Agar sizning farzandingiz ham ana shunday natijalarga erishishini va yozgi ta’tilni samarali o‘tkazishini istasangiz, “Laboratoriya Geniyev” mental arifmetika markazining malakali xodimlari sizga yordam berishga tayyor.

Murojaat uchun telefon: +99897 7405505, +99897 7438808

Facebook’dagi sahifa: “Laboratoriya Geniyev” – Mental arifmetika markazi

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (14-03-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют