» » Osiyo klublari “Chelsi”da o‘ynaganlarni talashda davom etadi: Maykl Essiyen Indoneziyada

Osiyo klublari “Chelsi”da o‘ynaganlarni talashda davom etadi: Maykl Essiyen Indoneziyada


Londonning “Chelsi” klubidagi faoliyati bilan yaxshi tanish bo‘lgan ganalik yarim himoyachi Maykl Essiyen o‘z faoliyatini Indoneziya chempionatining yuqori ligasi – Liga 1 vakili “Persib Bandung” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda “Bola.com” xabar bermoqda.

Graphic Online nashrining qayd etishicha, 34 yoshli futbolchi 2017/18-yilgi mavsum yakuniga qadar Indoneziya klubida to‘p suradi.

Mavzuga doir: Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi “Chelsi”dan Oskarni sotib oldi

Uning yillik maoshi 800 ming yevroni tashkil qilishi va u Indoneziyada eng serdaromad futbolchiga aylanishi ta’kidlanmoqda. Ganalik tajribali futbolchi yangi klubida 5-raqam ostida harakat qiladi.

2014-yilgi Indoneziya chempioni “Persib Bandung” o‘tgan mavsumni 5-o‘rinda yakunlagan edi.

Mavzuga doir:  Xitoy futbol klublari yaxshi futbolchini tekinga ham olishni biladi: “Chelsi”dagi Obi Mikel “Tyanszin Teda”ga o‘tdi

Ma’lumot uchun, Maykl Essiyen professional faoliyati davomida Fransiyaning “Bastiya” (2000–2003) va “Lion” (2003–2005) klublarida, “Chelsi” (2005–2014), “Real Madrid” (2012–2013, ijara), “Milan” (2014–2015) va “Panatinaikos” (2015–2016) jamoalarida to‘p surgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют