» » “Temir yo‘llarda xavfsiz kun” tadbiri o‘tkazildi

“Temir yo‘llarda xavfsiz kun” tadbiri o‘tkazildi


Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” hamkorligida Toshkent markaziy vokzalidan Sirdaryo viloyatiga qadar bo‘lgan yo‘nalishda “Temir yo‘llarda xavfsiz kun” tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirga jalb etilgan 110 nafar xodim 13 guruhga bo‘lingan holda temir yo‘l bekatlari, temir yo‘lga yaqin joylashgan xonadon va ta’lim muassasalarida tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olib bordi.

“To‘rt farzandni temiryo‘l yoqasida katta qildim. Temiryo‘lni panjara bilan o‘rab yaxshi qilishdi. Avvallari ko‘nglim xijil bo‘lib o‘tirardim. Tez-tez kelib tushuntirish berishmoqda. Nevaralarimga ham maktabda poyezd kelayotganda, yo‘lda o‘tishda ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida tushuntirishibdi”, — deydi Zangiota tumanidagi Gulbog‘ mahallasida yashovchi Dilbar Shamatova.

Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan qilingan piyodalar o‘tish joylari, noqonuniy qurilmalar va chiqindilar olib tashlandi. Yo‘nalishda qo‘riqlanadigan va qo‘riqlanmaydigan kesishmalar sozligi temir yo‘l mutaxassislari bilan hamkorlikda tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar mas’ul xodimlar tomonidan joyida bartaraf etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют