» » Samarqandda yo‘l posbonlari paydo bo‘ldi (foto)

Samarqandda yo‘l posbonlari paydo bo‘ldi (foto)


5-apreldan Samarqand viloyatida davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi yo‘l posbonlari xizmat faoliyatini boshladi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.

“Yo‘l posboni” jamoatchilik tuzilmasi IIV buyrug‘i asosida tashkil etilib, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘mak sifatida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan. Ushbu ishga jalb etilgan dastlabki 60 nafar yo‘l posbonlari guvohnoma, maxsus kiyim va zarur anjomlar (hushtak va bayroqcha) bilan ta‘minlandi.

Xabarda aytilishicha, o‘z vazifasini yuqori saviyada bajargan va soha ishini yaxshi o‘zlashtirgan yo‘l posbonlarini kelgusida davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati inspektorligiga qabul qilish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют