» » Tramp Rossiya va Xitoyni qurollanish xarajatlarini kamaytirishga chaqirdi

Tramp Rossiya va Xitoyni qurollanish xarajatlarini kamaytirishga chaqirdi


Donald Tramp AQSh, Rossiya va Xitoy qurollanish xarajatlarini kamaytirish haqida kelishib olishi zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Tramp bu ikki davlat bilan mablag‘larni qurol ishlab chiqarishga emas, boshqa kerakliroq narsaga sarflashni taklif qilgan.

“Rossiya, Xitoy va biz yuz milliardlab dollarga qurollar, shu jumladan yadro qurollarini ishlab chiqaramiz. Bu juda kulguli. Mening fikrimcha, Rossiya ham, Xitoy ham bu mantiqan kerak emasligi haqidagi fikrga qo‘shiladi”, — degan Tramp Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe bilan uchrashuvda. So‘ng bu masala yuzasidan Lyu Xega o‘z fikrini bildirishni so‘ragan.

“Menimcha, bu juda yaxshi fikr”, — deb javob bergan Lyu Xe.

Tramp bundan avval AQShning o‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalar haqidagi shartnomadan chiqishini ma’lum qilgan. Lekin Xitoyni qamrab oluvchi qurol-yarog‘lar ustidan nazorat haqidagi boshqa kelishuv ishlab chiqilishini istisno qilmagan.

Vladimir Putin esa 2-fevral kuni AQShning o‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalarni yo‘q qilish haqidagi shartnomadan chiqishiga javoban Moskva ham shartnomada ishtirokini to‘xtatishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют