» » O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari Nijniy Novgorodda O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazdi (foto)

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari Nijniy Novgorodda O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazdi (foto)


4-mart, payshanba kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan NDLU rektori Boris Jigalev o‘zbekistonlik mehmonlarni qutlab, davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar mustahkamlanib borayotganligini, ularni yanada yuqori bosqichga olib chiqishda ToshDO‘TAU delegatsiyasining roli katta bo‘lganligini, ushbu tadbir bu borada o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishini alohida ta’kidladi.

U o‘z nutqida bu tashrifning katta va muhim ahamiyati haqida gapirib, o‘zbekistonliklarga mehmondo‘stlik va samimiylik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir mobaynida o‘zbek milliy hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi va milliy taomlarga boy bayramona o‘zbek dasturxoni ham mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

Avvalroq universitet tashabbusi bilan Rossiyaning Nijniy Novgorod davlat lingvistika universitetiga akadem mobillik dasturi bo‘yicha 10 nafar talaba hamda 3 nafar professor-o‘qituvchi yuborilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют