» » Mourinyo Italiyaga qaytishi mumkin

Mourinyo Italiyaga qaytishi mumkin


“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo yozda Italiya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda Sky Sports Italia xabar berdi.

Portugaliyalik mutaxassis Milanning “Inter” klubi yoki “Roma” bilan shartnoma imzolamoqchi.

Rimliklar Mourinyo bilan muzokaralarning dastlabki bosqichida, ma’lum qilinishicha, klub u bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra esa, Mourinyo Milanning “Inter” klubi taklifini ham ko‘rib chiqmoqda. U hatto klubdagi maoshi kamroq (8 million yevro) bo‘lishiga rozilik bergan. Uning nomzodini “neradzurrilar” vitse-prezidenti Xavyer Zanetti qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ammo “Inter” bosh direktori Beppe Marotta “Chelsi” hamda Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte tayinlanishini xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo 2008/10-yillarda “Inter”ni boshqargan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 56 yoshli portugaliyalik “Lion” yoki “Monako”da ishlashi haqida xabarlar tarqalgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют