» » O‘zbekiston Xitoydan Erongacha bo‘lgan transport koridoriga qo‘shildi

O‘zbekiston Xitoydan Erongacha bo‘lgan transport koridoriga qo‘shildi


O‘zbekiston Xitoy—Qozog‘iston—Turkmaniston—Eron temir yo‘l koridoriga qo‘shildi, deya xabar beradi “Sputnik”.

Kecha Olmao ta shahrida Qozog‘iston, Xitoy, Eron, Turkmaniston va O‘zbekiston temiryo‘l ma’muriyatlari vakillari umumiy xalqaro transport koridorida yuk tashish yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Tomonlar ushbu yo‘nalishdagi konteyner tashishdagi O‘zbekiston tomonining ishtiroki, shuningdek, o‘rnatilgan tariflar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shartnoma protokolda tasdiqlangan.

Qozog‘iston temir yo‘llari matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘tgan yili Xitoy—Qozog‘iston—Turkmaniston—Eron yo‘lagi bo‘ylab transport hajmi bir ming yigirma barobarga teng bo‘lgan.

Qozog‘iston temir yo‘llari kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Kanat Almagambetov ta’kidlaganidek, konteyner yukining oqimi, ayniqsa, O‘zbekistonga va “Bolashak” stansiyasi orqali Eronga ortgan. O‘zbekiston qo‘shilishi bilan koridor ancha qisqaradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют