» » Poroshenko spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga tahlil topshirdi

Poroshenko spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga tahlil topshirdi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko “Olimpiyskiy” MSM dopingga qarshi markazida spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga tahlil topshirdi, deya xabar beradi “Sputnik”.

U jurnalistlar huzurida qon topshirdi. Shuningdek, shifokorlar uning peshobi va sochlarini tahlil uchun oladi. Tahlillar bir necha soatdan so‘ng tayyor bo‘ladi.

Bundan tashqari, bugun “Yevrolab” klinikasida birinchi tur yetakchisi, prezidentlikka da’vogarlik qilayotgan Vladimir Zelenskiy ham o‘z tahlillarini topshirgan.

Avvalroq Zelenskiy Poroshenkoning saylovlar ikkinchi turidan oldin debatlar o‘tkazish to‘g‘risidagi chaqirig‘ini qabul qilgan edi. Zelenskiy debatlarni Kiyev stadionida va giyohvand moddalar va spirtli ichimlikka tahlil topshirgandan so‘ng o‘tkazish shartini qo‘ygan. Bu shartlarga Poroshenko o‘z roziligini bildirgan.

Ukraina prezidenti saylovlari 31-mart kuni o‘tgan. Ukraina MSKning ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi turda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun kurash olib borgan nomzodlardan hech biri yetarlicha ovoz to‘play olmagan. Shuning uchun saylovlarning ikkinchi turi 21-aprel kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют