» » Sirdaryoning Mirzaobod tumanida yashirincha tortilgan 1 km tabiiy gaz tarmog‘i aniqlandi

Sirdaryoning Mirzaobod tumanida yashirincha tortilgan 1 km tabiiy gaz tarmog‘i aniqlandi


Majburiy ijro byurosi Mirzaobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligida tekshiruv o‘tkazilganda, xo‘jalik rahbari B.Ch. hisoblagich o‘rnatmasdan tegishli hujjatlarsiz, umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

B.Ch. mazkur mahalla hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘idan fermer xo‘jaligigacha bo‘lgan 1 kilometrlik masofaga polietilen trubalarini yashirincha yerosti orqali o‘tkazib olgan ekan. Noqonuniy ulanishlar natijasida, ta’minotchi korxona manfaatlariga 5 million so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman ma’muriy sudining qaroriga ko‘ra fuqaro B.Ch.ga ma’muriy choralar ko‘rilgan. Fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar miqdori va jarima to‘liq undirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют