» » Superliga. “Paxtakor” so‘nggi daqiqalarda gol urib, “Nasaf”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Paxtakor” so‘nggi daqiqalarda gol urib, “Nasaf”ni mag‘lub etdi


5-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 3-turning markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida Ro‘ziqul Berdiyev boshliq Qarshining “Nasaf” klubini qabul qildi.

Bellashuvning 12-daqiqasida “sherlar” hujumchisi Marat Bikmayev 11 metrlik jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 53-daqiqaga kelib Vladimir Kozak o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (1:1). 2-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Yegor Krimets g‘alaba golini urdi va uchrashuv qahramoniga aylandi (2:1). Shu tariqa toshkentliklar o‘z maydonida “Nasaf”ni mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi (2:1).

Superliga

3-tur bahsi

5-aprel, juma

Gollar: 1:0 — 12, penalti, Marat Bikmayev, 1:1 — 53, avtogol, Vladimir Kozak, 2:1 — 90+4 Yegor Krimets

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Akrom Komilov, Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo‘jayev, 69), Jaloliddin Masharipov, Egor Krimets, Odiljon Hamrobekov, Marat Bikmayev, Jasur Yaxshiboyev (Dragan Cheran, 58), Vladimir Kozak, Farrux Sayfiyev, Javohir Siddiqov (Dostonbek Hamdamov, 77)

“Nasaf”: Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev, Humoyun Murtozoyev, Jo‘rabek Mannonov (Dilshod Saitov, 76), Doniyor Narzullayev, Bobir Davlatov, Sardor Abduraimov, Islom Kenjaboyev (Oybek Bozorov, 63), Islom Rashidxonov (Akmal Mozgovoy, 57), Xurshidbek Muxtorov, Umarbek Eshmurodov

Ogohlantirish: Sadriddin Abdullayev (14), Jasur Yaxshiboyev (31)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют