» » Namanganlik professor-o‘qituvchilar Ryazan agrotexnologiya universitetida malaka oshiradi

Namanganlik professor-o‘qituvchilar Ryazan agrotexnologiya universitetida malaka oshiradi


Toshkentda o‘tkazilgan “Rossiya—O‘zbekiston ta’lim forumi”da Ryazan davlat agrotexnologiya universiteti va Namangan muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Bu haqda “Daryo”ga institut matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur hamkorlik shartnomasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish hamda institut professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalar uchun master-klass va dars mashg‘ulotlari o‘tkazish maqsadida Ryazan davlat agrotexnologiya universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori, professor Sergey Borechev Namanganga keldi.

Tashrif doirasida rossiyalik mehmon ishtirokida institut rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Unda hamkorlik shartnomasi asosida 2019-yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Sergey Borechev ishtirokida fakultetlar dekanlari, kafedralar mudirlari va yetakchi professor-o‘qituvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida qilinadigan ishlar bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Ryazan davlat agrotexnologiya universiteti prorektori institutning “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo‘nalishi talabalari uchun uch kunlik dars mashg‘ulotlarini olib bordi.

Professor Sergey Borechevning Namanganga safari davomida ikkita oliy ta’lim muassasalari hamkorligini har tomonlama rivojlantirish, 2019-yilda NamMTI talabalari va professor-o‘qituvchilarini stajirovkaga yuborish, Rossiya universitetidan professor-o‘qituvchilarni NamMTI o‘quv jarayoniga jalb qilish, onlayn seminarlar va mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda hamkorlikda o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish bo‘yicha kelishuvlarga erishldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют