» » “Liverpul” g‘alaba qozonib, APL peshqadamligini “Manchester Siti”dan yana tortib oldi (video)

“Liverpul” g‘alaba qozonib, APL peshqadamligini “Manchester Siti”dan yana tortib oldi (video)


5-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 33-turi doirasida Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” jamoasi mehmonda “Sauthempton” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 9-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Sheyn Long kiritgan golga “mersisaydliklar” Nabi Keyta (36), Muhammad Saloh (80) hamda Jordan Henderson (86) kiritgan gollar bilan javob qaytardi (3:1). Shu tariqa “Liverpul” safarda “Sauthempton”ni mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

Ayni damda Yurgen Klopp shogirdlari 82 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Undan keyingi pog‘onada borayotgan “Manchester Siti”da esa 80 ochko mavjud.

APL

33-tur bahsi

5-aprel, juma

Gollar: 1:0 — 9 Long, 1:1 — 36 Keyta, 1:2 — 80 Saloh, 1:3 — 86 Henderson

“Sauthempton”: Gann, Valeri, Vestergor (Ostin, 83), Yosida, Bednarek, Bertran, Uord-Prouz, Hoyberg, Romeu (Armstrong, 83), Long (Sims, 62), Redmond

“Liverpul”: Bekker, Aleksandr-Arnold (Henderson, 59), Matip, Van Deyk, Robertson, Veynaldum (Milner, 59), Fabinyo, Keyta (Lovren, 88), Saloh, Firmino, Mane

Ogohlantirishlar: Bednarek (48), Bertran (75), Saloh (81), Robertson (89), Henderson (90), Mane (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют