» » O‘zbekistonda 3 oy ichida og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning salomatligini tiklashga 1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi

O‘zbekistonda 3 oy ichida og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning salomatligini tiklashga 1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi


Respublikada nogiron xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ularning hayot kechirish sifatini yaxshilash maqsadida 2019-yilning I choragida 980 nafar imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lumotiga tayanib O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Jumladan, ular nogironlik aravachalari, tibbiy protez-ortopedik va eshitish moslamalari, qo‘ltiqtayoq, hassalar, yurish moslamalari hamda dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.

Shuningdek, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning salomatlik holatlarini yaxshilash maqsadida statsionarlarda davolanishga, sihatgohlarga va shahar hududidagi klinikalarda bepul davolanish kurslarini olish uchun orderlar topshirildi. Ushbu tadbirlar uchun Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют