» » Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida nafaqaxo‘rlar uchun yangi xizmat turi joriy etildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida nafaqaxo‘rlar uchun yangi xizmat turi joriy etildi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladigan va pensiyani hisoblash uchun masofadan turib oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish imkonini beradigan yangi elektron xizmat joriy etildi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Yagona interfaol davlat xizmatlari portalida 140 dan ziyod elektron davlat xizmati taqdim etilgan.

Yangi xizmatning ishlashi uchun O‘zbekistonda hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish taomili joriy etildi. Endi fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har bir jismoniy shaxs bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq organlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti tarkibida elektron shaklda taqdim etiladi.

Ayni damda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolarga hisoblangan ish haqi summalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Portalda ko‘rsatilganidek, xizmatlar shu zahoti va bepul ko‘rsatiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, agar murojaat qiluvchi shaxs davlat xizmatlari organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda, xizmat ko‘rsatish rad etilishi mumkin.

Yangi xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 1-fevralida qabul qilingan “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют