» » Respublikachilar Obamacare o‘rniga taklif etayotgan yangi tizim 62 million amerikalikni tibbiy sug‘urtasiz qoldirishi bildirildi

Respublikachilar Obamacare o‘rniga taklif etayotgan yangi tizim 62 million amerikalikni tibbiy sug‘urtasiz qoldirishi bildirildi


Respublikachilar partiyasining Obama ma’muriyati tibbiy sug‘urta tizimiga muqobil sifatida ko‘rilayotgan qonun loyihasi AQSh budjeti defitsitini 337 milliard dollarga qisqartirish imkonini beradi, biroq mamlakatning 62 million aholisini tibbiy sug‘urtasiz qoldiradi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

AQSh Kongressi budjet boshqarmasi hisobotiga ko‘ra, 2026-yilgacha xarajatlar 1,2 trillion dollarga qisqaradi, shu bilan birga, daromadlar ham 0,9 trillion dollarga kamayadi. Fuqarolar uchun sug‘urta qiymati uch yil mobaynida oshib boradi, biroq 2026-yilga kelib nominal ko‘rinishda pasayadi.

AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Tom Prays va Kongress vakillar palatasi spikeri Pol Rayan hisobot xulosalarini tanqid ostiga oldi. Prays ularga umuman qo‘shilmasligini bildirgan bo‘lsa, Rayan qonun loyihasi narxlar pasayishini ta’minlashi va sifatli hamda maqbul tibbiy xizmatni ta’minlashini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Obamacare bekor qilinishi rejasi Respublikachilar partiyasi vakillari tomonidan joriy yil 7-mart kuni taqdim etildi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют