» » Shavkat Mirziyoyev ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi


Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq quyidagilarni amalga oshirishda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma “yagona darcha” tamoyili asosida beriladi:

ko‘chmas mulk bitimlarini notarial tasdiqlashda (ko‘chmas mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqlar bundan mustasno);

“E-IJRO AUKSION”da ko‘chmas mulkni auksion orqali sotishda;

noturar ko‘chmas mulk bo‘yicha rieltorlik tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatishda;

arzon uy-joylar qurishda qatnashayotgan banklar tomonidan — qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda.

2019-yil 1-sentabrdan Toshkent shahridagi, 2020-yil 1-yanvardan respublikaning barcha hududlaridagi ko‘chmas mulkka nisbatan huquqlar haqidagi ma’lumotlar reyestrga faqat elektron shakldagi kadastr pasporti tayyorlanganidan keyin notariuslar tomonidan elektron kiritiladi va mulkdorga reyestrdan ko‘chirma beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют