» » O‘zbekistonda “Sog‘lom hayotga qadam tashla” shiori ostida yurish va gimnastrada tardbirlari tashkil etildi

O‘zbekistonda “Sog‘lom hayotga qadam tashla” shiori ostida yurish va gimnastrada tardbirlari tashkil etildi


6-aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Sog‘lom hayotga qadam tashla” shiori ostida mamlakat bo‘ylab Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan 5 kilometr masofaga faol yurish va gimnastrada tardbirlari tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

— Ushbu ommaviy tadbirlar doirasida “Ochiq eshiklar kuni” ham tashkil etilib, murojaat qilgan bemorlarga respublika, viloyat, tuman va shahar tibbiyot muassasalari shifokorlari tomonidan bepul va malakali tibbiy maslahatlar berildi, — deydi Aholining sog‘lom turmush tarzini qullab-qo‘vvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova. — Tuman va shaharlarda joylashgan markaziy xiyobonlar, supermarketlarda jadval asosida ikki soat davomida “Salomatlik maydonchalari” ham tashkil kilinib, unda antropometrik o‘lchovlar, savolnoma va maxsus tekshiruvlar asosida noinfeksion kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillari aniqlanib, tibbiy maslahatlar berildi.

Ahamiyatli tomoni, endilikda “Ochiq eshiklar kuni”, “Salomatlik maydonchalari” hamda “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkalari” mos ravishda har haftaning chorshanba, payshanba va juma kunlari tashkil etib boriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu ommaviy tadbirlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va filiallari, respublika va viloyat tibbiyot muassasalari hamda hududlardagi hamkor tashkilotlar vakillari,tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va kollejlar talabalari ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют