» » Davron Kabulov “Million”ning sobiq a’zolari — Durdona Qurbonova va Kumushning jamoadan ketishiga izoh berdi (video)

Davron Kabulov “Million”ning sobiq a’zolari — Durdona Qurbonova va Kumushning jamoadan ketishiga izoh berdi (video)


“Million” kulgi jamoasining sardori  Davron Kabulov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida Davron Kabulov jamoaning sobiq a’zolari Kumush va Durdona Qurbonovaning jamoadan nima sababdan ketgani haqida gapirdi.

Biz qizlar masalasida hech kim bilan shartnoma tuzmadik. Qizlarga bitta konsert davomida sinov muddati belgilanadi. Tabiiyki, jamoaning o‘ziga yarasha talablari bor. Jamoa a’zolari bir stol atrofiga o‘tiradi va hamkorligimiz nima sababdan davom ettirilmaydi, degan savolga javob beriladi. Har ikki holatda ham qizlarga sabablarini tushuntirdik. Ular bu sabablarga qarshi argument keltirishmadi. Shuning uchun har ikkalasi bilan ham yaxshi kayfiyatda xayrlashdik.

Ularning ikkalasiga ham katta rahmat. Hayot to‘xtab qolgani yo‘q, ular kinolar, teleseriallar, kliplarda suratga tushishmoqda. Tabiiyki, “Million”ning ham hayoti to‘xtab qolmaydi. Bu qizlarning endi jamoaga qaytib kelish ehtimoli kam. Bu haqda hech narsa deya olmayman.

Davron Kabulov, “Million” jamoasining sardori 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют