» » Malayziyada Kim Chon Namning tanasi mumiyolandi

Malayziyada Kim Chon Namning tanasi mumiyolandi


Malayziyada KXDR yetakchisining akasi Kim Chon Nam tanasi mumiyolandi,­­ deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Muolaja shu hafta Kuala-Lumpurda amalga oshirilgan. Marhumning jasadini olib ketish uchun uning oila a’zolaridan hech kim kelmagan.

Mamlakat rahbarlarining aytishicha, tana uni uzoq muddat o‘z holatida saqlab turishi uchun mumiyolangan.

Malayziya rahbariyati KXDRni Kim Chen Inning akasining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblamoqda. Shu sababli ham ikki davlat orasidagi diplomatik munosabatlar buzilgan.

Kim Chon Nam 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan edi. Malayziya politsiyasining xabariga ko‘ra, ikki nafar ayol qurbonning yuziga asabni falajlovchi zahar — VX’ni sepgan. Shundan 20 daqiqa o‘tar-o‘tmas Kim Chon Nam vafot etgan.

Shimoliy Koreya esa Malayziyada KXDRning Kim Chxol ismli fuqarosi vafot etgani va u qasddan o‘ldirilmaganini ta’kidlamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют