» » Toshkentda 7-aprel kuni avtomarafon o‘tkaziladi. Ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi

Toshkentda 7-aprel kuni avtomarafon o‘tkaziladi. Ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi


9-aprel kuni Amir Temur tavalludiga 683 yil to‘lishi munosabati bilan, 7-aprel kuni Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab 25 kilometrlik avtomarafon o‘tkaziladi.

Shu bois 7-aprel kuni soat 9:00 dan 12:00 ga qadar Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari uchun harakat cheklanadi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi.

Avtomarafon soat 9:00 da Qurolli Kuchlar akademiyasining 1-nazorat o‘tish joyi (sobiq Pushkin maydoni)dan boshlanib, Kichik halqa yo‘li orqali Bunyodkor va undan keyin Alisher Navoiy shohko‘chalari bo‘ylab o‘tadi.

Tadbirda Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari shaxsiy avtotransport vositalarida qatnashadi. Tadbir doirasida harbiylar Amir Temur obrazini gavdalantirib, o‘sha davrdagi askarlar kiyimlarini kiyishadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют