» » Angliya Kubogi. “Manchester Siti” “Brayton”ni mag‘lub etib, finalga chiqdi (video)

Angliya Kubogi. “Manchester Siti” “Brayton”ni mag‘lub etib, finalga chiqdi (video)


6-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/2 finali doirasidagi dastlabki uchrashuvda Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi “Ittihod” stadionida “Brayton”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvdagi yagona gol 4-daqiqada “shaharliklar” hujumchisi Gabriel Jezus tomonidan kiritildi. Natijada “mankunianlar” “Brayton”ni kichik hisobda mag‘lub etib, musobaqa finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi yarim final o‘yini 7-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “Uotford” klubi “Vulverhempton”ga qarshi maydonga tushadi.

Angliya Kubogi

1/2 final bahslari

6-aprel, shanba

Gol: 1:0 — 4 Jezus

“Manchester Siti”: Ederson, Otamendi, Mendi (Stounz, 79), Uoker (Danilo, 46), Laport, Silva, Gundo‘g‘on, Bernardu Silva, de Bryuyne (Fernandinyo, 65), Sterling, Gabriel Jezus.

“Brayton”: Rayan, Daffi, Bernardo, Montoyya, Dank, Propper, Stivens, Bissuma (Lokadiya, 82), Knokert, Jahonbaxsh (Iskyerdo, 70), Myurrey (Andone, 66).

Ogohlantirishlar: Uoker (32), Jahonbaxsh (32), Danilo (50), Dank (72).

7-aprel, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 00:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют