» » La Liga. “Barselona” bir kishi kam o‘ynagan “Atletiko M” darvozasiga 2 daqiqada 2 ta gol urdi (video)

La Liga. “Barselona” bir kishi kam o‘ynagan “Atletiko M” darvozasiga 2 daqiqada 2 ta gol urdi (video)


6-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida kunning navbatdagi 2 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy o‘yinida musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Leo Messi yetakchiligidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi Diyego Simeone boshliq “Atketiko Madrid”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 85-daqiqasida “ko‘k-anor ranglilar” hujumchisi Luis Suares Jordi Alba uzatgan to‘pni Yan Oblak qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ygan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib argentinalik hujumchi Leo Messi hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Shu tariqa kataloniyaliklar Madrid jamoasi darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritib, g‘alaba qozondi (2:0). Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar 73 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ta’kidlash joiz, bahsning 28-daqiqasida “Matraschilar” hujumchisi Diyego Kosta hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydonni muddatidan avval tark etdi.

La Liga

31-tur bahslari

Gollar: 1:0 — 32 de Tomas, 2:0 — 90 Mario Suares

Gol: 1:0 — 85 Suares, 2:0 — 86 Messi

“Barselona”: ter Stegen, Pike, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 84), Langle, Alba, Artur (Malkom, 63), Buskets, Rakitich, Koutino (Alenya, 80), Messi, Suares.

“Atletiko” Oblak, Ximenes, Godin, Filipe Luis (Morata, 58), Arias (Korrea, 35), Saul, Koke, Parti, Rodri Ernandes (Xuanfran, 88), Diyego Kosta, Grizmann.

Ogohlantirishlar: Parti (27), Himenes (28), Godin (29), Saul (71), Pike (74), Langle (78), Suares (86).

Chetlatish: Diyego Kosta (28).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют