» » Medvedev grippga chalindi. Bu haqda Putin ma’lum qildi

Medvedev grippga chalindi. Bu haqda Putin ma’lum qildi


Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev grippga chalindi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14-mart kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Rossiya prezidenti o‘zining o‘rinbosari va mamlakat hukumati raisining xastalangani haqida ochiq tadbirda ma’lum qildi. Medvedev mazkur yig‘ilishda qatnashmagan.

Bizda epidemik vaziyat chekinmoqda, shunga qaramay, vaziyat hali ham jiddiy, mana, Dmitriy Anatolevichni saqlab qola olmadik.

Vladimir Putin, Rossiya prezidenti

Fevral oxiri — mart boshida Rossiyaning ko‘plab hududlari, xususan, Saratov, Krasnoyarsk, Kaluga, Omsk va Tula viloyatlari gripp epidemiyasiga barham berilgani ma’lum bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют