» » DSQ: Shayxontohur tumani soliq xodimlari yoppasiga ishdan bo‘shatilmagan

DSQ: Shayxontohur tumani soliq xodimlari yoppasiga ishdan bo‘shatilmagan


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasining shaxsiy tarkibi ishdan bo‘shatilgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatdan yiroq. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ayni paytda faqatgina Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgan. Boshqa xodimlarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida hech qanday buyruq qabul qilinmagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 4-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi davomida Toshkent shahridagi qator tumanlar davlat soliq inspeksiyalari shaxsiy tarkibini yangilash haqida topshiriq bergan.

O‘z navbatida Davlat soliq qo‘mitasida videoselektorda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilib, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Sergeli, Yunusobod, Bektemir va Shayxontohur tumanlari inspeksiyalari boshliqlarining o‘z lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risidagi Davlat soliq qo‘mitasining buyrug‘i e’lon qilindi.

Tanqidiy tahlil ruhida o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahri davlat soliq xizmati organlarining shaxsiy tarkibi faoliyatini zudlik bilan ko‘rib chiqish, ularning lavozimga layoqatliligini baholash bo‘yicha maxsus ishchi komissiyasi tuzildi. Shuningdek, maxsus ishchi komissiya zimmasiga zamonaviy dunyoqarashga ega, o‘z ishiga mas’uliyatli yosh mutaxassislarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Bugungi kunda maxsus ishchi komissiya Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlarining lavozimga layoqatliligini o‘rganmoqda. Bu haqda batafsil axborot beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют