» » Xitoylik talabalar Apple kompaniyasini chuv tushirdi

Xitoylik talabalar Apple kompaniyasini chuv tushirdi


Oregonda ikki nafar xitoylik talaba Apple kompaniyasini million dollarga chuv tushirgani aniqlandi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Ular soxta IPhon’larni olib kelib, haqiqiysiga almashtirgan va sotgan.

Xabarda aytilishicha, 2017-yildan boshlab talabalar AQShga minglab soxta telefon qurilmalarini olib kelgan. Keyin Apple kompaniyasiga murojaat qilib, smartfonlar ishlamayotganidan noligan. Kompaniya esa ularni haqiqiy qurilmaga almashtirib bergan.

AQShga soxta telefon olib kelib, Xitoyga haqiqiysini yuborgan shaxs Yangyan Chjou yaqinda Oregon shtatidagi universitetni muhandislik fakultetini bitirgan. Uning sherigi Syuan Szyan esa Apple’da smartfonlarni almashtirish bilan shug‘ullangan.

Ikki talaba ham firibgarlikda ayblanmoqda, ammo hibsga olinmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular 1493 ta soxta smartfonni haqiqiysiga almashtirgan. Smartfonning o‘rtacha narxi 600 dollardan hisoblanganda, kompaniya 900 ming dollar zarar ko‘rgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют