» » Podadan adashgan qo‘y 5 yil o‘tgach qanday ko‘rinishda bo‘ladi (foto)

Podadan adashgan qo‘y 5 yil o‘tgach qanday ko‘rinishda bo‘ladi (foto)


Avstraliyalik fermer merinos zotidagi qo‘ylarini ko‘paytiradi, deb yozadi “TravelAsk”.

Foto: “TravelAsk”

Bu hayvonlar juda qimmatli va shu bilan birga tez o‘sadigan sifatga ega bo‘lgan juni bilan mashhur. Shu sababli, bu mavjudotlarni tez-tez junini olib turish kerak, aks holda ular jiddiy kasal bo‘lib, parazitlar yuqtirishi mumkin.

Foto: “TravelAsk”

Kunlarning birida podadagi qo‘ylardan biri ortda qolib, g‘oyib bo‘lgan. U uzoq vaqt topilmagan, shu sabab hamma uni o‘ldi deb hisoblashgan.

Biroq, besh yil o‘tgach, yo‘qolgan qo‘y to‘satdan tirik va sog‘lom topilgan, faqat uning tashqi ko‘rinishi barchani hayratga solgan.

Ko‘p yillar davomida merinos yovvoyi tabiatda yashagan, uni juni qirqilmagan, yuvilib, taralmagan, natijada juda o‘sib, axlat va parazitlar bilan qoplangan.

Foto: “TravelAsk”

Bechoraga yordam berish uchun odamlar ushbu turdagi hayvonlarning junini oladigan eng yaxshi professionalni taklif qilgan. Jarayon bir necha bosqichga bo‘linib, jun olish deyarli olti soat davom etgan. Junning umumiy og‘irligi 42 kilogrammdan oshgan.

Foto: “TravelAsk”

Bunday og‘ir yukdan bo‘shagan qo‘y bir zumda o‘zini yanada yaxshiroq va quvnoq his qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют