» » Superliga. OKMK bugun “Qo‘qon-1912”ni mehmon qiladi, “Buxoro” esa “Qizilqum”ga qarshi maydonga tushadi

Superliga. OKMK bugun “Qo‘qon-1912”ni mehmon qiladi, “Buxoro” esa “Qizilqum”ga qarshi maydonga tushadi


7-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Kunning dastlabki o‘yinida Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK klubi o‘z maydonida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:15 da start oladi. Eslatib o‘tamiz, olmaliqliklar 2-turda Navoiyning “Qizilqum” klubiga 1:3 hisobida yengilgandi. “Qo‘qon-1912” esa vodiy derbisida “Andijon” bilan durang o‘ynagandi (0:0).

So‘nggi turda “Metallurg”ga taslim bo‘lgan (0:2) Baxtiyor Ashurmatov boshliq “Buxoro” klubi o‘z maydonida “Qizilqum” bilan o‘ynaydi. Bellashuv soat 18:30 da boshlanadi.

Kunning oxirgi to‘qnashuvida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi Surxondaryoning “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushadi. Bahsga soat 19:15 da start beriladi. Ma’lumot uchun, jizzaxliklar 2-turda “Nasaf”ga imkoniyatni boy bergandi (1:3).

Superliga

3-tur bahslari

7-aprel, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют