» » Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi kotibi Yunusobod tumanidagi ishlar bo‘limi bilan tanishdi

Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi kotibi Yunusobod tumanidagi ishlar bo‘limi bilan tanishdi


O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qozog‘iston prezidentining yordamchisi — Xavfsizlik kengashi kotibi Kalmuxanbet Kasimov Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan Yunusobod tumani 7-ichki ishlar bo‘limiga keldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mehmonlarga Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev hamrohlik qildi.

7-ichki ishlar bo‘limida aholi uchun ochiqlik, sutkalik xizmat, fuqarolarga tezkor yordam ko‘rsatish imkoniyatlari mujassam bo‘lgan. Buning uchun bu yerda yong‘in xavfsizlik xizmati, “tez yordam”,  qutqarish xizmati, maishiy xizmatlar, Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi joylashtirilgan.

Mehmonni bo‘limda yaratilgan sharoitlar qiziqtirib qo‘ydi: bu yerda pasport xizmati vakillari, psixologlar, qiyin ahvolda qolgan ayollarga yordam ko‘rsatuvchi inspektorlar xizmat olib boradi, bo‘lim innovatsion texnologiyalar va profilaktika inspektorlari uchun maxsus smartfonlar bilan jihozlangan.

Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi kotibi ushbu bo‘limda, shuningdek, IIV va poytaxt IIBB rahbariyati tomonidan har bir inson ichki ishlar xodimi timsolida huquqlari himoyachisini ko‘rishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar ibratli darajada ekanini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют