» » “PSJ” rahbariyati “Barselona”ga qarshi uchrashuv borasida UEFAga 8 banddan iborat ariza topshirdi

“PSJ” rahbariyati “Barselona”ga qarshi uchrashuv borasida UEFAga 8 banddan iborat ariza topshirdi


Fransiyaning “PSJ” jamoasi rahbariyati “Barselona”ga qarshi kechgan va kataloniyaliklarning 6:1 hisobidagi sensatsion g‘alabasi bilan yakunlangan YChL 1/8 final javob uchrashuvi borasida sakkiz banddan iborat bo‘lgan arizasini taqdim etdi, deb yozadi “Championat.asia” Marca nashriga asoslanib.

Fransiya klubining e’tirozi uchrashuv bosh hakami Deniz Aytekin bilan bog‘liq. “Barselona” birinchi bahsda to‘rtta gol o‘tkazib yubordi, javob o‘yinida erishilgan g‘alaba evaziga musobaqaning chorak finalga chiqdi. Parijliklarning fikricha, Aytekin uchrashuv natijasiga ta’sir o‘tkazgan.

“Barselona” — “PSJ” uchrashuvini boshqargan germaniyalik hakam bu yil Chempionlar ligasiga qayta taklif qilinmasligi mumkin

PSJ” Yevropa futbol ittifoqi (UEFA)ga quyidagi vaziyatlar borasida e’tiroz bildirdi:

1. “PSJ” vakillarining fikricha, Xavyer Maskerano qo‘l bilan o‘ynagani uchun hakam raqib darvozasiga penalti belgilamagan.

2. Jerar Pike Kavaniga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun unga ikkinchi sariq kartochka olishi kerak edi.

3. Neymar va Menye o‘rtasidagi to‘p uchun kurashda hakam “PSJ” darvozasiga penalti belgilamasligi kerak edi.

4. Hisob 3:1 bo‘lib turgan paytda Neymar Markinyosning oyog‘iga zarba berdi. Aytekin bu vaziyatda Neymarni sariq kartochka bilan jazoladi. “PSJ” vakillarining fikricha, bu holatda braziliyalik futbolchi chetlatilishi kerak edi.

“Barselona”ning “PSJ” darvozasiga urgan 6-goliga rejissor pultidan nazar (video)

5. “Barselona” hujumchisi Luis Suares “PSJ” a’zosi Veratti bilan to‘p uchun kurashda simulyatsiya ishlatdi va raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib oldi. O‘sha vaziyatda hakam Suaresga sariq kartochka ko‘rsatgan.

6. 78-daqiqada Pike o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘l bilan o‘ynagani uchun “Barselona” darvozasiga penalti belgilanishi kerak edi.

“Barselona” — “PSJ” o‘yinidagi 6-goldan keyin Kataloniyada zilzila, Gabonda muxlislar o‘rtasida qotillik kuzatildi

7. “Barselona” himoyachisi Xavyer Maskerano o‘z jarima maydonchasi ichida Anxel Di Mariyaga nisbatan qo‘pollik ishlatgan. Bu vaziyat uchun kataloniyaliklar darvozasiga penalti belgilanishi kerak edi.

8. Hakam Suaresga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun penalti belgilab xato qilgan. Aslida qo‘pollik bo‘lmagan va Suares simulyatsiya ishlatgan edi. Ushbu vaziyatda urugvaylik futbolchi yana bir simulyatsiya uchun ikkinchi sariq kartochka olishi kerak edi.

“Barselona” — “PSJ” o‘yiniga Suares otliq teatrdan boshqa narsa emas deya ta’rif berildi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют