» » Toshkentda oilaviy ajrimlar 131 taga ko‘paydi

Toshkentda oilaviy ajrimlar 131 taga ko‘paydi


Toshkent shahar hokimligida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitasining oilaviy ajrimlar, ularning kelib chiqish sabablari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar Matbuot xizmati xabar beradi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, o‘tgan yanvar va fevral oylari davomida shaharda oilaviy ajrimlar soni 769 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 131 taga oshganligi qayd etildi.

Bu holatlar tahlil etilganida esa, asosiy sabab — oilaviy kelishmovchiliklar 48 foizni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda er-xotinning uzoq vaqt bir oila bo‘lib yashamasligi (16%), farzandsizlik (9%), migratsiya (7%), xiyonat (6%), moddiy qiyinchilik (3%), ichkilik yoki giyohvandlikka berilish (2%) va boshqa sabablar tashkil etmoqda.

Yig‘ilishda bu muammo va uning sabablarining yechimi, bartaraf etish yo‘llari yuzasidan Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazlari qay tartibda o‘z faoliyatini tashkillashtirishi lozim ekanligi to‘g‘risida kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют