» » A Seriya. “Inter” va “Napoli” ham o‘z maydonida yuta olmadi (video)

A Seriya. “Inter” va “Napoli” ham o‘z maydonida yuta olmadi (video)


6—7-aprel kunlari futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 31-turi doirasida 7 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

6-aprel, shanba kuni avvalgi turda “Fiorentina” bilan durang o‘ynagan Rimning “Roma” klubi “Sampdoriya” mehmoni bo‘ldi.

Bahsdagi yagona gol 75-daqiqada kiritildi. Unga rimliklar yarim himoyachisi Daniyele de Rossi mualliflik qildi va jamoasiga muhim 3 ochko taqdim etdi (1:0).

7-aprel, yakshanba kuni Luchano Spaletti boshqaruvidagi Milanning “Inter” jamoasi “Atalanta” bilan bahsga kirishdi. Uchrashuv davomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. (0:0).

Musobaqa jadvalida 2-pog‘onadan joy olgan Karlo Anchelotti boshliq “Napoli” “Jenoa”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 34-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Dris Mertens hisobni ochgan bo‘lsa, 45-daqiqaga kelib “Jenoa” yarim himoyachisi hisobni tenglashtirdi (1:1). Shu tariqa neapolliklar o‘z uyida kechgan bahsda “Jenoa” bilan durang o‘ynadi va 1 ochkoga ega bo‘ldi (1:1).

A Seriya

31-tur bahslari

6-aprel, shanba

Gol: 0:1 — 75 de Rossi

7-aprel, yakshanba

Gol: 0:1 — 84 Kiofani

Gollar: 0:1 — 11 Kaputo, 1:1 — 15 De Paul, 1:2 — 24 Krunich, 2:2 — 41, penalti, De Paul, 3:2 — 45 Mandragora

Gollar: 1:0 — 3 Farago, 1:1 — 18, penalti, Antenuchchi, 2:1 — 60 Pavoletti

Gollar: 1:0 — 53, penalti, Immobile, 1:1 — 57 Rojerio, 1:2 — 89 Berardi, 2:2 — 90 Lulich

Gollar: 1:0 — 34 Mertens, 1:1 — 45 Lazovich

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют