» » O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi qabul qilinadi

O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi qabul qilinadi


Prezidentning tegishli hujjati bilan O‘zbekistonda fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Konsepsiya doirasida fuqarolik qonunchiligi unifikatsiya qilinadi va tizimlashtiriladi.

Asosiy fuqarolik-huquqiy institutlar takomillashtirilib, yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllari optimallashtiriladi, bir-biriga o‘xshash, bozor munosabatlarida ommalashmagan tashkiliy-huquqiy shakllar tugatiladi.

Fuqarolik kodeksiga er-xotinning birgalikdagi vasiyatnomasi va meros shartnomasiga oid qoidalar kiritiladi.

Bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishning mustahkam huquqiy asoslari shakllantiriladi.

Yerga nisbatan xususiy mulk huquqini himoya qilish mexanizmlari joriy etiladi.

Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning huquqiy asoslari shakllantiriladi.

Xususan, kripto-aktivlar aylanmasi rivojlantiriladi, shaxsi ko‘rsatilmagan ma’lumotlarning sezilarli massivlarini (big data) yig‘ish va qayta ishlash tartibga solinadi.

Shuningdek, fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha adliya vaziri boshchiligida idoralararo komissiya tasdiqlandi.

Komissiya 2020-yil 1-aprelgacha Fuqarolik kodeksining yangi tahririni ishlab chiqishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют