» » Samarqand viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga yo‘l oldi

Samarqand viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga yo‘l oldi


Samarqand viloyati ishbilarmonlari va mutasaddi rahbarlardan iborat delegatsiya Xitoyga keldi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida tuzilgan dastur doirasida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Dastur doirasida dastlabki uchrashuvlar Xenan provinsiyasining Chjenchjou shahrida amalga oshirildi. Viloyat delegatsiyasi Chjenchjou xalqaro aeroporti huzuridagi erkin iqtisodiy zonasi hamda u yerdagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlar bilan muzokaralar olib bordi.

Kunning ikkinchi yarmida Xenan provinsiyasi vitse-gubernatori Xuang Kiang bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalqaro investitsiya va savdo ko‘zgazmasiga tashrif buyurgan mehmonlar sharafiga tashkil etilgan rasmiy qabulda ishtirok etildi.

Delegatsiya a’zolarining Xitoyga safari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют