» » Shavkat Mirziyoyev va Belgiya qiroli bir-birini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev va Belgiya qiroli bir-birini tabrikladi


O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Belgiyaliklar qiroli Filipp Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Belgiyaliklar qirolining qutlovida bunday deyiladi:

2017-yilda Belgiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligini nishonlayotganimiz menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

O‘tgan yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik turli sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, ikki tomonlama munosabatlarimizning muhim asosi bo‘lgan do‘stona aloqalar va o‘zaro anglashuv izchil mustahkamlanmoqda.

Filipp, Belgiyaliklar qiroli

Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel O‘zbekiston rahbariyatini qutlar ekan, “O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundanoq o‘z suverenitetini mustahkamladi hamda mintaqaning muhim siyosiy va iqtisodiy salohiyatga ega davlatiga aylandi. O‘tgan davr mobaynida mamlakatlarimiz samarali hamkorlik qilib kelmoqda, ammo uni yanada diversifikatsiya qilish borasida katta salohiyat mavjud”.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigida “o‘tgan davrda ikki davlat o‘rtasida mustahkam do‘stlik va o‘zaro anglashuv an’analariga asoslangan ezgu va amaliy munosabatlar o‘rnatilgan”i mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston o‘zaro va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari — siyosiy-diplomatik va madaniy-gumanitar sohalar, savdo, investitsiyalar va yuqori texnologiyalarga doir aniq dastur va loyihalar bo‘yicha samarali va o‘zaro foydali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor” ekanini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlar davom ettirilishiga, hamkorlik o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va ishonch tamoyillari asosida yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют